Badiiy adabiyotlar

Badiiy adabiyotlar

Posted on

Sayid Ahmad.

Ufq / 2018 yil. – 632 b.

«Ufq» trilogiyasi O‘zbekiston xalq yozuvchisi O’zbekiston Kaxramoni Sayid Ahmad ijodida alohida o‘rin tutadi. Trilogiya XX asr millat hayotining o‘n yillik davri – ikkinchi jaxon urushi, urush va urushdan keyingi yillar vokealarini o‘z ichiga oladi.

Yuklash

O’tkir Hoshimovning Dunyoning ishlari nomli mashhur asari

Yuklash

O’tkir Hoshimovning “O’zbeklar” asari

Yuklash

Mirzo Me’rojiddinning “So’fi ollohyor va islom shayx tarixi” asari

Yuklash

“Eng qadimgi hikmatlar”

Tuzuvchilar: Abdulla Raimov, Nilufar Raimova

Taqrizchilar:

Safarboy Ro’zimboyev- Fiziologiya fanlari doktori, professor Qudrat Masharipov- Tarix fanlari nomzodi, dotsent

Yuklash

Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” romani

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida so’zlovchi ushbu asar Pirimqul Qodirovning eng sara asarlaridan biri hisoblanadi.

Batafsil

Hozirgi kunda hayotimizga juda ko`p qulayliklar, yangi zamonaviy ko`rinishdagi loyihalar, yangi-yangi imkoniyatlar kirib kelmoqda.

Posted on

Axborot resurs markazimizda QR-kod burchagi tashkil qilingan edi. Endilikda ushbu QR-kod burchaklarining elektron varianti tashkil qilinmoqda.

Mamlakatimiz yoshlarini kitobga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturlardan unumli foydalanish maqsadida joylarda electron kitoblarni QR kodi orqali yuklab olish tizimi joriy etildi. 

SHuning bir debochasidek, institut Axborot-resurs markazida ham xodimlar tomonidan bir kichik loyiha amalga oshirildi.

         Ushbu “Elektron – innovatsion kutubxona”da institut kutubxonasidagi 400 ga yaqin kitobning elektron nushasi kiritilgan bo‘lib, ushbu kutubxonada talaba-o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida ham elektron kitob bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Foydalanuvchi telefonida kodni skaner qilib, taqdim etilgan havola orqali telegram kanalimiz: https://t.me/samvmiARM manzilidan o‘ziga kerakli adabiyotning elektron nusxasini bir zumda topishi va yuklab olishi mumkin bo‘ladi. “Elektron – innovatsion kutubxona” to‘g‘risida ma’lumot olish uchun talabalar uchun maxsus kutubxona bannerlari tayyorlandi. Ushbu kutubxona bannerlarida adabiyotlar va darsliklarning nomi va uni onlayn bazadan topish imkonini beruvchi QR kod joylashtiriladi. QR book innovatsion kutubxona loyihasining amalga oshirilishi natijasida QR kod orqali kitoblarni internet resurslaridan tez va oson topish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Talabalar o‘z smartfoni orqali QR code reader ilovasini yuklab olib mavjud kodlarni kitob QR kodini maxsus ilovasi yordamida o‘qitadi va kitobni onlayn ravishda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xususan, Zooinjeneriya fakulteti 408 guruhi talabasi Baratov Kamol ushbu mobil dasturning qulayliklari haqida quyidagilarni keltirib o‘tdi. Bu biz uchun yangilik hisoblangan “Elektron – innovatsion kutubxona”ning juda ko‘p afzalliklari bor.

Jumladan, talabalar istalgan vaqt rejimida ushbu mobil ilovadan foydalanishlari mumkin. Kim xohlasa matnli shaklini bemolol o‘qib o‘rganib borishi mumkin. Ushbu qulayliklar hozirgi rivojlangan innovatsion asrda biz talabalarga kitob o‘qishimiz, undan o‘zimiz uchun kerakli ma’lumotlarni topishimizda juda asqotadigan texnologiya bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu innovatsion loyiha yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda ularning internetdan yanada samarali foydalanishlari uchun xizmat qiladi.

Zero, kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan taralayotgan va elektron nashrdan topib bo‘lmaydigan o‘ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mo‘jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko‘ngil cheksiz zavqqa to‘lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikrlashishning huzur-halovati tamoman o‘zgachadir.

Axborot-resurs markazi direktori              
Barchinoy Abdixalikova