abu vaqqos

ARM jamoasi ziyorat safarida

9 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm va sport sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi yildagi vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Yig‘ilishda hududlarda hali yetarlicha o‘rganilmagan, sayyohlar jalb etilmagan qadamjolar ko‘pligi ta’kidlandi. Madaniyat vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga 300 ta madaniy meros ob’yekti va ziyoratgohni restavratsiya qilish vazifasi qo‘yildi. Yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimligiga shu borada ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida:

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” nomli ichki turizm dasturi izchil olib borilmoqda. Jumladan, Ro‘za va Qurbon hayitlari, Navro‘z, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayramlari davrida qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi. Shuningdek, nomavsumiy sayohatlar uchun Ichki turizm oyligi, haftaligi va kunlari tashkil etildi.

Shu munosabat bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Axborot-resurs markazi xodimlari Iyd hayiti munosabati bilan berilgan 4 kun dam olish kunlarini samarali tashkil qilish maqsadida Ziyorat safariga borib kelishdi.

Qayerga deb o’ylayotgandirsiz?

Bu Jizzax viloyati Baxmal tumanida joylashgan Sa’d ibn abu-Vaqqos ziyortagohi. Bu joy haqida ta’riflashga so’z ojizlik qiladi. Ming marta eshitgandan bir maarta ko’rgan afzal deyishadi-ku. Marhamat ziyorat davomida olingan fotojamlanmalar bilan tanishing.

Barchamizning ziyoratimiz qabul bo’lsin

Sizlarga ham tavsiya qilib qolamiz!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *