“FESTIVAL-2021” – SAMVMIDA ENG IQTIDORLI YOSHLAR JAMLANDI

“FESTIVAL-2021” – SAMVMIDA ENG IQTIDORLI YOSHLAR JAMLANDI.

Samarqand Veterinariya meditsinasi institutida “Yoshlar festivali- 2021” doirasidagi tadbirlar madaniyat, sport, texnologiyalar va taʼlim yoʻnalishlarida tashkil etildi. Jumladan, aʼlochi, iqtidorli, salohiyatli va sportchi talaba –yoshlarni ragʻbatlantiruvchi “Munozara – debat”, “Biologiya fani boʻyicha viloyat hokimi olimpiadasi”, sportning futbol turi boʻyicha musobaqalarda Samarqand shahridagi 10 ta OTMlari jamoalari faol ishtirok etishdi.

Biologiya fani boʻyicha oʻtkazilgan fan olimpiadasida Viloyat halq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari 10 – 11 sinf oʻquvchilarining 128 nafari ishtirok etishdi. Tanlov natijalariga koʻra, 10 – sinflar boʻyicha birinchi oʻrin N.Gadoyevaga (Pastdargʻom tumanidagi 28 –IDUM oʻquvchisi), 11 – sinflarda birinchi oʻrin S.Muhiddinovga (Kattaqoʻrgʻon shahar, 17-IDUM oʻquvchisi)ga nasib etdi.

10 – sinflar boʻyicha ikkinchi oʻrinni – J.Elamonova (Pastdargʻom tumanidagi 121 – umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi), uchinchi oʻrin – Sh.Shavkatova (Samarqand tumanidagi 21-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi);

11 – sinflar boʻyicha ikkinchi oʻrinni – M.Mirhakimova (Samarqand shahridagi 1 – IDUM oʻquvchisi), uchinchi oʻrin – M.Joʻraqulova ( Pastdargʻom tumanidagi 8 – umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi)lar egalladilar.

ARM da AT bo’yicha yetakchi mutaxassis: Sultanova Kamola

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *