Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ekspertlari Festivalimizda mehmon bo’lishdi

30-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha “Beshta muhim tashabbusi” doirasida Samarqand veterinariya meditsinasi institutida 26-30-oktabrgacha tashkil qilingan “Yoshlar Festivali” yakuni bo’lib o’tdi.

   Bu festivalga ayni kunda mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ekspertlari Eran Reyzman hamda Yuriy Nesterovlar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Davlat Veterinariya nazorati boshqarmasi boshlig‘i A.Boltayev, Xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Xudaybergenovalar hamrohligida tashrif buyurdilar.

  Festival davomida mehmonlarimiz institutimiz faol va iqtidorli talabalarining ijodiy ishlari va iste’dodlariga guvoh bo’lishdi.

Besh muhim tashabbusning 4-tashabbusi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish” bo’yicha ham kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Bunda ARM fondidagi sara adabiyotlar kelgan mehmonlar e’tiboriga havola qilindi. Quyidagi fotojamlanmada siz to’liqroq ma’lumot olishingiz mumkin.

Bundan tashqari ARM xodimlari tashabbus doirasi o’tkazilgan tadbirlarda ham faol qatnashishdi.

Manba: SamVMI axborot xizmati

Sultanova Kamola tomonidan tayyorlandi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *