Onlayn tanlovlarimizda SamVMI Nukus filiali talabalari ham faol qatnashmoqda

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning 4-tashabbusi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish” bo’yicha Institut Axborot-resurs markazida o’tkazilib kelinayotgan tanlovlarda talaba yoshlar hamda o’qituvchi murabbiylarimiz faol ishtirok etib kelishmoqda.

Shu jumladan, SamVMI Nukus filiamizning talaba-yoshlari ham ishtirok etib kelishmoqda. Saginova Aygerim Sisenbayevna ana shunday talabalardan biri bo’lib, “Kitobxonlik vaqti” onlayn viktorinalarida faol ishtiroki uchun Tashakkurnoma hamda estalik sovg’a bilan taqdirlandi. Tashakkurnoma Nukus filialiga yuborildi hamda shaxsan Filial Direktori Adilbay Esimbetov tomonidan topshirildi.

Biz Saginova Aygerimga bundan ham katta yutuqlarga erishib, Vatanimiz kelajagiga hissa qo’shadigan inson bo’lib yetishishini tilab qolamiz.

ARM axborot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *