Zulfiyaxonim tavalludi

SamVMI tadbirlar zalida “Zulfiyaxonim – xalqimiz g’ururi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi

Har yili bahorning birinchi kuni Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan barcha ta’lim muassasalarida bayram tashkil qilinadi. Shu jumladan bizning institutimizda ham “Zulfiyaxonim – xalqimiz g’ururi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Bundan tashqari shu tadbir asnosida “Vafo va sadoqat timsoli – Zulfiya” nomli kitobxonlar anjumani tashkil qilindi. Ushbu anjumanda 25 dan ziyod tavsiya adabiyotlari tayyorlandi.

Tadbirni Biotexnologiya kafedrasi hamda Axborot-resurs markazi birgalikda tashkil qilib, 150 ga yaqin yoshlar qatnashdilar.