Axborot –resurs markazidan foydalanish qoidalari

  • Umumiy qoidalar
    • Axborot- resurs markazi (ARM) faoliyati demokratiya insonparvarlik, umumiy foydalanishga qulaylik,  umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi, fuqarolik shaxsining erkin kamol topishi prinsiplariga asoslanadi.
    • ARMdan foydalanish bepul, ARM tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning ayrim turlari ro‘yxati, ular uchun to‘lanadigan haq miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
  • ARM ning asosiy vazifalari
    • Universal axborot resurslarini, milliy va chet el nashrlari (bosma, audiovizual, elektron nashrlar va boshqalar) fondini shakllantirish, saqlash va berish.
    • Foydalanuvchilarga ARMda hamda mintaqaning axborot-kutubxona markazi (AKM) dagi hujjatlar va boshqa materiallarni olish imkoniyatini yaratish.
  • Foydalanuvchilarning huquq va

majburiyatlari

  • ARMdan foydalanish huquqi mazkur ARM xizmat ko‘rsatadigan hududda yashaydigan, fuqaroligi yoshi, ijtimoiy va boshqa jihatdan mansubligidan qat’iy nazar, barcha aholiga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga beriladi. Ushbu huquq axborot resurslari bilan to‘ldirishning, axborot resurslari bilan to‘ldirishning, axborotlarni, shu jumladan kutubxonalararo aboniment tizimi orqali berish, shuningdek kutubxona-axborot xizmati ko‘rsatishning boshqa shakllari bilan ta’minlanadi.
  • Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega

ARM fondidan istalgan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun olish, shuningdek mintaqaning AKM dan va boshqa kutubxonalardan hujjatlarning bosma yoki elektron nusxalarini hujjatlarni elektron vositasida etkazib berish tizimi orqali buyurtma qilish va olish;

Bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmatidan hamda ARM tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish;

ARM tomonidan o‘tkaziladigan axborot-ommaviy tadbirlarda qatnashish;

ARM ning jamoat kengashiga saylash va saylanish.

  • Foydalanuvchilar ARMga a’zo bo‘lish uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani, pasportini yoki uning o‘rnini bosadigan xujjatni, zarur miqdordagi fotosuratlarini taqdim etadilar hamda kitobxon biletini va ro‘yxatdan o‘tkazish varaqasini rasmiylashtirish uchun ma’lumotlar beradilar.

         Boshqa shaharlik fuqarolar vaqtinchalik kitobxon biletini pasportini yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni ko‘rsatgan holda oladilar. Boshqa mamlakat fuqarolari biletni o‘z mamlakati pasporti yoki belgilangan tartibda rasimylashtirilgan shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida oladilar.

3.4  Foydalanuvchilarga bir yula foydalanish uchun beriladigan hujjatlar soni ARM tomonidan yakka xolda tartibga solinadi.

         Noyob va qimmatli nashrlar hamda hujjatlar, shuningdek e’lon qilinmagan materiallar foydalanuvchilarga belgilangan tartibda beriladi.

3.5.   ARM fondlarida zarur hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda foydalanuvchilar ularga nusxalarini mintaqaning AKM dan olishi mumkin.

3.6.  Foydalanuvchilar ARM dan olingan hujjatlarni va boshqa materiallarni ehtiyot qilishi shart.

        Foydalanuvchi hujjatlar va materiallarni olishda ularni ko‘zdan kechirishi va ularda biron-bir nuqson borligi aniqlanganda bu to‘g‘rida ARM xodimiga ma’lum qilishi kerak.

  3.7.  ARM fondiga zarar etkazgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy, jinoiy yoki boshqacha tarzda javob beradilar.

  3.8.   ARM fondidan olingan hujjatlar va materiallarni yo‘qotgan yoxud ularga tiklab bo‘lmaydigan darajada ziyon etkazgan foydalanuvchilar ularni tegishli ravishda huddi shunday yoki ARM xodimlari tomonidan teng qimmatli deb e’tirof etilgan (shu jumladan nushalari bilan) hujjatlar va materiallar bilan almashtirishi, almashtirish mumkin bo‘lmagan taqdirda ularning qiymatini bir necha baravar miqdorda to‘lashi shart. Qiymatining necha baravar miqdorda to‘lanishi ARM mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassislar tomonidan, yo‘qotilgan yoki yaroqsizlantirilgan hujjatning qiymatidan kelib chiqqan holda hamda amaldagi tartibga soluvchi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.

3.9.    ARM dan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun  foydalanuvchilar ARM dan foydalanish huquqidan ARM ma’muriyati tomonidan belgilangan muddatga mahrum qilinishi mumkin.

  • ARM ning foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlari.
    • ARM fondlaridagi  hujjatlar va materiallarni ularning saqlanishini ta’minlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq hisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish; ma’lumotnoma-bibliografik apparatni, shu jumladan elektron katalogni yuritish; tavsiyanoma tusidagi bibliografik qo‘llanmalarni ishlab chiqish.
    • ARM quyidagilarga majbur:

-foydalanuvchilarni ARM dagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash; 

-foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish va eng to‘liq qondirish;

-kutubxona, bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarga foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;

-foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda yuksak madaniyat va malakalilikni ta’minlash, zarur hujjatlar va materiallarni qidirib topish va olishda zarur yordam ko‘rsatish;

 -foydalanuvchilarning qiziqishlarga va axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish asosida turli manbalardagi axborot resurslarini bergan holda tabaqalashtirilgan kutubxona-axborot xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va mustaqil ravishda ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashish;

 -fondlarda zarur hujjatlar va materiallar mavjud bo‘lgan taqdirda ularni qidirib topish ishlariniamalga oshirish hamda ularni kutubxonalararo abonement, shu jumladan halqaro abonement tizimi orqali taqdim etish;

-ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish; -ARM ning ijobiy nufuzini yaratishga ko‘maklashish, ARM fondlarini va uning tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularning talablariga muvofiq yangi xizmatlarni tashkil etish.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *