Veterinariya virusologiyasi

SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI

BOZOROV X.K., ABDULAKIMOVA A.B.

Veterinariya virusologiyasi
o’quv qo‘llanma

Samarqand – 2015

Mualliflar: Dotsent Bozorov X.K., assistent Abdulakimova A.B. Veterinariya virusologiyasidan o’quv qo‘llanma. (Bakalavr 5440100 veterinariya, 511109 kasb ta`limi veterinariya yo‘nalishi uchun virusologiya fanidan o’quv qo‘llanma). Samarqand, 2015.
Ushbu o’quv qo‘llanma veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakultetining uslubiy kengashida 2015 yil _ aprel kunidagi _sonli qarori bilan ko’rib chiqildi. Mazkur o’quv qo‘llanma institut uslubiy kengashining 2015 yil may __sonli yig’ilishda ko’rib chiqilib, muhokama qilingan va chop etishga ruxsat etilgan.
Taqrizchilar: Veterinariya fanlari doktori, professor
X.S.SALIMOV
Veterinariya fanlari doktori,professor
U.K.IZBASAROV
O’quv qo‘llanmada umumiy va xususiy virusologiya bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Patologik materiallar, viruslar, o‘stirilgan hujayralar bilan ishlash usullari va serоlogik reaksiyalar yordamida viruslarni differensiatsiyalash uchun ko‘rsatmalar berilgan.
Ayrim virus kasalliklariga laboratoriyada diagnoz qo‘yish yo‘llari bayon etilgan.
Har bir mavzuga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish borasida uslubiy ko‘rsatmalar mavjud. Talabalar bilimini nazorat qilish uchun test savollari tuzilgan.
O’quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va Suv xo‘jaligi Respublika o‘quv-uslubiyot markazi tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq yozilgan. Qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarining veterinariya fakulteti talabalari va laboratoriya xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Veterinariya virusologiyasidan o’quv qo‘llanma birinchi marta davlat tilida ya’ni lotin yozuvida yozilganligi uchun unda ayrim kamchiliklar uchrab turadi.Buni mualliflar navbatdagi ishlarida albatta bartaraf etadilar. Kitobxonlar bildirgan barcha tanqidiy fikr va mulohazalarni, istak va tilaklarni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar.
Mualliflar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *