
Hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari, akusherlik va ginekologiya kafedrasi
B.M.ESHBURIEV
VETERINARIYA AKUSHERLIGI
Samarqand – 2017
UDK 619:616
Muallif: B.M.Eshburiev.
Taqrizchilar:
1. | Niyozov X.B. – | Veterinariya fakulteti dekani, vet.f.n. |
Salimov Yu – | Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va jarrohlik kafedrasi dotsenti, v.f.d. | |
Qo’ldoshev O. – | Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, vet.f.n. |
Darslik Sam QXI Ilmiy kengashining ____2017 yildagi __ – son yig’ilishida muhokama qilingan va chop etishga ruxsat etilgan.
Darslik O’zROO’MTV tomonidan 21.08.2015 yilda tasdiqlangan “Veterinariya akusherligi fanining o’quv dasturi” asosida tayyorlangan bo’lib, oliy o’quv yurtlarining 5440100 – Veterinariya, 5111000 – Kasb ta’limi (Veterinariya) yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalari va veterinariya mutaxassislari uchun mo’ljallangan. Darslikda fan va amaliyotning keyingi yillardagi yutuqlarini hisobga olgan holda hayvonlar jinsiy a’zolarining anatomo-fiziologik xususiyatlari, jinsiy sikl fiziologiyasi, jinsiy moyillikni aniqlash, turli hayvonlarni sun’iy urug’lantirish va murtakni ko’chirish, bo’g’ozlik fiziologiyasi va patologiyasi, bo’g’ozlik va bepushtlik diagnostikasi, hayvonlarning tug’ishida yordam ko’rsatish, akusher-ginekologik kasalliklar, sut bezlari va yangi tug’ilgan hayvonlar kasalliklarining etiopatogenezi, diagnostikasi, davolash va oldini olish hamda hayvonlarda bepushtliklarning diagnostikasi va guruh usulida oldini olish usullari bayon qilingan.