Samarqand A. S. Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

Samarqand A. S. Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

Yosh avlodning maʼnaviy saviyasi va intellektual salohiyatini kuchaytirishda kitobning oʻrni beqiyos. Bunga esa faqat va faqat kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish orqaligina erishish mumkin.

Shu maqsadda Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Aholi va yoshlar oʻrtasida kitob mutolaasini targʻib etish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda “Oʻqing, yangi kitoblar!” koʻrgazmasi tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari oʻrtasida “Oʻqigan eng yaxshi asaringiz qaysi?” mavzusida soʻrovnoma oʻtkazildi. Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura muzeyi hamkorligida “Sanʼat olamiga sayohat” koʻchma koʻrgazmasi tashkil qilindi.

    \

Shu jumladan, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Axborot-resurs markazimiz ham ushbu tadbirda o’zining saralangan adabiyotlari bilan qatnashib, yoshlarni kitobxonlikka targ’ib qilishga o’z xissalarini qo’shishdi.

Bundan tashqari, tadbirda faxrli mehmonlar so’zga chiqib, o’z fikr-mulhazalarini bildirdilar. Go’zal kuy va qo’shiqlar bunga jo’r bo’lib, tadbirni yanada qiziqarli qilib o’tkazishiga zamin yaratdi.

Quyida mazkur tadbir yuzasidan fotojamlanma bilan tanishasiz.

    SamVMI Axborot-resurs markazi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *